17-fevral kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Al Wadiy universitetida 4 oylik til amaliyotini o'tab qaytgan talabalar bilan uchrashdi. 

Muloqot chog'ida talabalarga kulgusidagi o'qishlarida safdoshlariga o'rnak bo'lishlari, olgan bilimlarini o'rtoqlashishlari hamda Yangi O'zbekiston taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shishlari lozimligini ta'kidlab o'tdi. 

Talabalar Jazoirda bo'lish vaqtida ularni iliqlik bilan kutib olishgani, arab tili bo'yicha bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun yaratib berilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik  bildirishdi.

2024-02-17 04-43

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi