2-sentabr kuni Yaponiya raqamli universitetida yangi o‘quv yili oldidan talabalarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, ota-onalar, talabalar va bir qator mehmonlar ishtirok etdi.

Mazkur marosimda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Abdurahim Nosirov ishtirok etib, tabrik so‘zlari bilan qatnashdilar.

 

     

Nutq davomida Ilxomjon Tuxtasinov barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdi. U Yaponiya raqamli universitetiga o‘qishga qabul qilingan yoshlarni katta yutuq bilan tabriklab, ularning kelgusida nafaqat yuqori malakali mutaxassis, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda ko‘prik bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube