OʻzDJTU rektori universitet talabalarining muammolarini oʻrganishda davom etmoqda.
Bugun universitetning Roman-german filologiyasi fakultetiga tashrif buyurgan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov fakultet talabalari bilan muloqot qildi. Ular duch kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Dars jarayonlari va yotoqxona masalalarida talabalarning savollariga javob berib, har qanday muammolarga ijobiy yechim berishini taʼkidladi.
Shuningdek, dars jarayonlari va yakuniy imtihonlarda qatnashdi. Yakuniy imtihonlarni faqat shaffoflik va halollik bilan topshirishni hamda bu borada hech qanday korrupsion holatlarga yoʻl qoʻyish mumkin emasligini tushuntirdi.
2024-01-16 03-45