OʻzDJTUning Uchtepa tumani “Zakovat” koʻchasida foydalanishga topshirilayotgan yangi oʻquv-binosida barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Maskanda nafaqat talabalar bilim olish, shu bilan birga madaniy hordiq chiqarishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilmoqda. Olib borilayotgan barcha ishlarni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov nazorat qilib, oʻz takliflarini berib kelmoqda.

Shu kunlarda yangi binoda talabalarning ochiq havoda dam olishlari uchun qoʻshimcha joylar tayyorlandi. Universitet rektori bugun yaratilgan sharoitlarni oʻrganish maqsadida manzilda boʻldi va bu borada ham oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

2024-04-08 04-07

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi