OʻzDJTU rektoriga biriktirilgan 30 nafar  “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan doimiy tarzda xabar olinmoqda.

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgani bois, kecha 21-yanvar kuni (rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov Sergeli tumanida boʻlib, yoshlar holidan xabar oldi.

Tumanning “Eski Jaloyir” mahallasidan Abdulaziz Dautov , Madinabonu Rahimjonova,  Roʻza Qutimurodova , “Qut-Baraka” mahallasidan Muhammadali Hakimov, Habiba Mannopova , “Sadoqat” mahallasidan Botir Yormatovlarning xonadonida boʻlgan M.Chutpulatov ularning har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordam pullari hamda rektorning xatini yetkazdi.

Shuningdek, ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, kelajakda har bir yoshning oʻz oʻrniga ega boʻlishiga koʻmaklashishi va har qanday yordamga tayyor ekanligini aytib oʻtdi.

2024-01-22 04-09

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi