O‘zDJTU va 1 Decembrie 1918 Alba Iulia universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

12–14-iyun kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti professor-o‘qituvchilari Xolida Avilova va Ra’no Ikromova Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Ruminiyaning Alba Iulia shahri hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universitetlarida xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.

 

 

Safar doirasida bir qator muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, 2025-yil 17-iyun kuni X. Avilova va R. Ikromova 1 Decembrie 1918 Alba Iulia universitetida navbatdagi uchrashuvda ishtirok etdilar. Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Erasmus+ KA171 xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan hamkorlik alohida e’tirof etildi. Ushbu loyiha doirasida hozirgacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2 nafar talabasi va 4 nafar professor-o‘qituvchisi Alba Iulia universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etgan. O‘z navbatida, mazkur hamkorlik doirasida Alba Iulia universiteti rektori professor Valer Daniel Breze va Kafedra mudiri professor Valentin Todescu O‘zDJTUga tashrif buyurgan.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish hamda xalqaro akademik almashinuv dasturlarini yanada kengaytirish borasida kelishuvga erishdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube