O‘zDJTU va Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

2025-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum doirasidagi loyihani amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida 2025-yil 20–21-iyun kunlari O‘zDJTU Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi katta o‘qituvchilari Xolida Avilova va Ra’no Ikramova Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universitetiga tashrif buyurdilar.

 

 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ayniqsa Erasmus+ xalqaro loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif chog‘ida ikki universitet uchun ham ilmiy va madaniy sohalarda manfaatli bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Mehmonlarni universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori professor Og‘uz Gursoy hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i professor Dursun Kose rasmiy qabul qildilar.

Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube