OʻzDJTU vakili xalqaro seminarda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-iyundagi 03/12-4/1-5660-sonli rasmiy xatiga asosan 
Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda OʻzDJTU Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i S. Raxmonov ishtirok etmoqda.  

 

 

Seminar Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganish, Markaziy Osiyo davlatlarida kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, xususan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizda davlat muassasalari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashadi:
-kambag‘allikka qarshi kurash strategiyalari;
-iqtisodiy rivojlanishning inklyuziv (hammani qamrab oluvchi) usullari;
-ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish;
-barqaror bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari;
-mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish. 

OʻzDJTU vakili ham mazkur yoʻnalishlar boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni olib, oʻz tajribasini orttirmoqda.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube