O‘zDJTUda chim ustida xokkey musobaqasi ochilish marosimi va do‘stlik o‘yini bo‘lib o‘tdi

Memorandum imzolanishidan so‘ng universitet hududida chim ustida xokkey sport musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor talabalarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi ularning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun muhimligini alohida ta’kidladi.

 

 

Ochilish marosimi doirasida:
 • Mutaxassislar tomonidan xokkey o‘yin qoidalari tushuntirildi
 • Federatsiya murabbiylari ishtirokida ramziy o‘yin namoyishi bo‘lib o‘tdi

Shundan so‘ng:
 • Universitet talaba qizlari jamoasi va O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi vakillari o‘rtasida do‘stlik o‘yini o‘tkazildi
 • Ikki jamoa o‘rtasida qarama-qarshi o‘yin yakunida esdalik sovg‘alari almashildi

 

 

Tadbir yakunida:
 • Universitet tomonidan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi
 • Federatsiya tomonidan esa talabalar uchun xokkey sport anjomlari taqdim etildi

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube