OʻzDJTUda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda

Xususan, Chilonzor tumani “Xalqlar do’stligi” mahallasida joylashgan 178-maktab bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilarining ta’til vaqtini samarali va mazmunli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida “Daily English” nomli to’garak yoʻlga qoʻyilgan.  

 

 

Mazkur mashgʻulotlarning birinchisi 26-iyun kuni “Healthy lifestyle” va “Sports” mavzulari asosida tashkil etildi. Ikkinchi dars esa “Entertainment” and “Free time activities” mavzularini qamrab oldi. 

Mazkur til darslari OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti o’qituvchisi Lola Xayrulloyeva tomonidan muntazam ravishda qiziqarli va sifatli tarzda olib borilmoqda.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube