OʻzDJTUda ilmiy innovatsion faoliyat boʻyicha kurslarga start berildi
15-iyul kuni O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan “Ilmiy innovatsion faoliyat: tadqiqot, nashr, akademik yozuv hamda ilmiy loyiha integratsiyasi” nomli qisqa muddatli kurslar boshlandi.
Kursning birinchi kuni “Ilmiy tadqiqot faoliyatining metodologik asoslari” moduliga bag‘ishlanib, professor Samigova Xushnuda Batirovna tomonidan ilmiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Darslar yuqori samaradorlikda o‘tib, tinglovchilar ilmiy izlanish olib borishning metodologik asoslariga oid nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdilar. Mashg‘ulot davomida ilmiy faoliyatni tashkil etishning muhim tamoyillari, metod va metodikalari yuzasidan qiziqarli va interaktiv tarzda tahliliy tahlillar olib borildi.
Qisqa muddatli kurslar belgilangan o‘quv modullari doirasida tizimli davom ettirilib, tinglovchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.