Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini munosabati bilan bugun OʻzDJTUda maʼnaviy maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ochib bergan universitet rektori I.Tuxtasinov ikki buyuk siymo hayoti va ijodi haqida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, talabalar tomonidan tayyorlangan raqs, sahna koʻrinishlari hamda kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Ularning hayoti va ijodiga oid maʼlumotlar berilib, beqiyos asarlari, gʻazal-ruboiylaridan namunalar oʻqishdi.

Mazkur tadbir universitetning Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi.

2024-02-10 03-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi