1-aprel kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Ramazon oyi munosabati bilan universitetning faxriy ustozlari holidan xabar oldi. 

Dastur davomida rektor O’zbek tili kafedrasi katta o’qituvchisi Sharipov Zikiryo Maxsumovich, shuningdek, Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritgan, talabalarga ingliz tili, amaliy tarjima, yozma tarjima, terminologik tarjima fanlaridan dars berib, yurtimizga malakali tarjimonlarni yetishtirishda katta hissa qo’shgan faxriy ustoz Dilorom Alimova xonadonida bo’ldi. 

Tashrif davomida rektor faxriy ustozlarga samimiy tilaklarini bildirib, Ramazon hadyalarini topshirdi.

2024-04-02 04-16

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi