Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet mas`ullari Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan “Jurjoniy” va “Paxtakor”mahallalarida istiqomat qiluvchi talabalari, ularning ota-onalari va MFY fuqarolari bilan uchrashdi.


Uchrashuv doirasida universitet rahbariyati 81- sonli matematika faniga ixtisoslashgan davlat umumta`lim maktabida  bo`lib, keyingi yillarda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, oliy ta'lim muassasasidagi imkoniyatlar xususida so`z yuritishdi.


Mahalla, maktab va oliy ta'lim hamkorligi doirasidagi ushbu uchrashuvda universitet rektoti iqtidorli o`quvchilarga estalik sovg`alari topshirdi.

2023-09-21 07-43

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi