Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida "Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar" loyihasi doirasida oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida o'tkazildi.
Ushbu ko'rgazmani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ilmiy va innovatsion sohalarga qiziquvchi iqtidorli talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish hisoblanadi.
Ko'rgazma davomida har bir fakultetlardagi iqtidorli talabalar o'z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.
2024-05-17 02-38