Ingliz filologiyasi fakultetida talabalar o'rtasida "YOUNG PHILOLOGISTS" mavzusida lug'atlar tanlovi o'tkazildi. Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, mustaqil ta'limga yo'naltirish, talabalarda tanqidiy fikrlash va ilmiy nazariy qarashlarga bo'lgan ko'nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida ko'plab sa'y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan 2-aprel kuni Ingliz filologiya fakulteti Nazariy fanlar kafedrasi professor o'qituvchilari M.M.Abdullayeva va N.M.Arifjanovalar tomonidan talabalar o'rtasida "YOUNG PHILOLOGISTS" mavzusida 4-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan lug'atlar tanlovi o'tkazildi. Unda turli mavzu va yo'nalishlarda 300dan ortiq talabalarning ishlari qabul qilindi. Talabalarning mustaqil ishlari malakali mutaxassislar va adolatli hakamlar tomonidan ijobiy baholandi. G'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar "Eng samarali lug'at muallifi" nominatsiyasini qo'lga kiritishdi va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

2024-04-06 01-42

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi