Texnika fanlari bo'yicha fan doktori (PhD), dotsent Payazov Mirabbos Miraxmatovich Oʻzbekiston davlat  jahon  tillari  universiteti  Media  va  kommunikatsiya  fakulteti    Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi  mudiri v.v.b etib tayinlandi.

Mehnat faoliyati:

1999-2001-yillarda — OʻMKXTRI muhandis, katta oʻqituvchi
2001-2002-yillarda — Yongʻindan saqlash oliy texnika maktabi, oʻqituvchi metodist
2002-2006-yillarda — Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi yetakchi mutaxassisi
2006-2009-yillarda — Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti katta oʻqituvchisi
2007-2008-yillarda — Germaniya davlati granti sohibi talabasi
2009-2012-yillarda — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. AT kafedrasi katta oʻqituvchisi
2012-2016-yillarda — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi
2016-2019-yillarda — Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti qoshidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi bazali doktoranti
2017-2019-yillarda — Latviya davlat universiteti granti sohibi hamkorlikdagi doktoranti
2020-2022-yillarda — Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, katta ilmiy xodimi intellektual tizimlari kafedrasi dotsenti
2022-yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, ZAT kafedrasi dotsenti

2023-10-11 04-50

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi