21-iyun kuni OʻzDJTUda Prezident va nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlish istagidagi iqtidorli talabalar bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Mazkur tanlovning universitet bosqichi avvalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, nomzod talabalarga omad tiladi.
Tanlovning universitet bosqichida talabalar informatika (test shaklida) va Oʻzbekiston tarixi (ogʻzaki savol-javob tarzida) fanlaridan imtihon topshirishdi.
Eslatib oʻtamiz, tanlovning universitet bosqichi 22-iyun kuni ham boʻlib oʻtadi. Unda talabalar ikkinchi til yoʻnalishi boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.
2024-06-24 03-36