Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 337-sonli oʻrta-maxsus maktabidagi dars jarayonlari ham davom etmoqda (dolzarb 90 kun)

 

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ushbu dasturlar davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchi talabalari maktab oʻquvchilariga ingliz tili fanidan saboq bermoqda. 

 

Mashgʻulotlar nafaqat ta’til vaqtida maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularga xorijiy tillarni oʻrgatish, balki OʻzDJTU bitiruvchilariga ham amaliy dars berish koʻnikmalarini shakllantirish imkonini beradi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube