OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinovning universitetdagi guruh sardorlari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Bu galgi uchrashuv Ingliz filologiyasi (kechki taʼlim) Sharq filologiyasi guruhlari sardorlari bilan olib borildi. Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan universitet rektori maʼruza qildi. Uchrashuv erkin muloqot tarzida olib borildi. 

Doʻstona suhbatda asosan universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, sardorlar va ularning vazifalari kabi mavzularda muhokamalar boʻldi. 

Uchrashuvda prorektorlar, fakultet dekanlari, maʼnaviyat, oʻquv, ilmiy, xalqaro boʻlim boshliqlari, buxgalter, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi ishtirok etdi.

Samimiy ruhda oʻtgan muloqot fikr-mulohazalar va savol javoblarga boy boʻldi. Eng muhimi mazkur uchrashuv sardor talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

2023-10-30 04-55

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi