Prezident administratsiyasining 2022-yil 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida belgilangan topshiriqlar, xususan viloyatlar va chekka joylardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida chet tillar oʻqitish samarasini oshirish, ularga metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatish kabi vazifalar belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida bugun 25 noyabr kuni, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Oʻquv-uslubiy boshqarma metodisti A. Kayumov, Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova, Fransiyadan Oʻzbekiston taʼlim muassasalarida fransuz tilini oʻqitish sifatini oshirish maqsadida taklif qilingan volontyor-oʻqituvchi Bruno Buani, oʻqituvchilar: N. Nuritdinova va G. Sabirovalar Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-umumtaʼlim oʻrta maktabiga tashrif buyurishdi. 

Ushbu maktabda fransuz tilini oʻqitish tizimi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, oʻquvchilar va Sirdaryo viloyatining boshqa tumanlari maktablaridan, xususan Sayxunobod tumani 14 va 29-maktabdan taklif qilingan fransuz tili oʻqituvchilariga Bruno Buani va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan " Les types de fromages français - La vache qui rit" mavzusida master-klass tashkil qilindi.

 Tashrif soʻngida Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova ushbu maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilariga metodik va amaliy yordam sifatida fransuz tili badiiy va oʻquv adabiyotlarini sovgʻa qildi.

2023-11-25 04-55

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi