Bugun Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida OTMda tahsil olayotgan xorijlik talabalar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga “Yangi yil” bayrami tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Xurshid Eshov, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Valijon Saʼdiyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha boʻlim boshligʻi Bahodir Eshbekov ishtirok etdi va talablarga bayram tabrigi yoʻlladi.

Quvnoq qoʻshiq va raqslar bayramga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Tadbir soʻngida barchaga Yangi yil sovgʻalari ulashildi.

2024-01-04 03-46

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi