“Yoshlik” sport majmuasidagi imtihon jarayonlari doimiy nazoratda
Xabaringiz bor, Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihon jarayonlari oʻtadigan joylardan biri boʻlgan “Yoshlik” sport majmuasi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga biriktirilgan.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Yoshlik” sport majmuasida oʻtkazilayotgan imtihon jarayonlarini muntazam nazorat qilmoqda.
OʻzDJTU xodimlari navbatchilik asosida tonggi soat 5:00 dan imtihon tugagunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida abituriyentlarga elektron ruxsatnomalar chiqarib berish, abituriyent test sinovlari olinadigan binoga olib kirishi ta’qiqlangan qoʻshimcha buyumlarni u imtihondan chiqqunga qadar saqlab turish, nazoratchilik kabi faoliyatlarga jalb qilingan. Jarayon raqamlash tizimi orqali tartibga solinmoqda.