2025-yilda o‘tkazilgan mazkur nufuzli tanlovda 16 ta mamlakatdan (MDH, Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq) jami 89 ta jamoa ishtirok etdi. Ularning ichidan 57 ta jamoa yakuniy bosqichga yetib keldi va shulardan 18 ta jamoa Moskvada g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Baholash jarayoni yakuniga ko‘ra hakamlar hay’ati g‘olib jamoalarni aniqladi:
Liga profi
- Evraziya.uz (O‘zbekiston)
- Russkaya shkola (BAA)
- Belchane (Moldova)
Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, taqdim etilgan loyihalar albatta amaliyotda o‘z samarasini berishiga ishonch bildirishdi.
O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Evraziya.uz jamoasi — O‘zDJTU Rus filologiyasi fakulteti o‘qituvchilari tomonidan taqdim etildi.
Ularning g‘alabasi – ijodiy yondashuv, kutilmagan va yangicha g‘oyalar, jamoaning birdamligi hamda hamkorlikka tayyorligi tufayli qo‘lga kiritildi.
Bu yutuq – nafaqat Rus filologiyasi fakulteti, balki butun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi uchun katta faxr va yuksak e’tiborga sazovor voqea bo‘ldi.