20-noyabr kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalariga  “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” NNT, “Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” (EGED) loyihasining "Fuqarolik jamiyati salohiyatini mustahkamlash” 2-komponenti doirasida "Yosh jurnalistlarning davlat xaridlari sohasida xabardorligi va malakasini oshirish" mavzusida seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazildi.


Unda fakultet talabalari, professor-o’qituvchilari ishtirok etib, iqtisodiy rivojlanish va o'sishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, iqtisodiy islohotlarning ochiqligini, davlat xaridlarining hisobdorligi va shaffofligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishdagi roli va imkoniyatlarini aniqlash, fuqarolik jamiyatining raqamli ko'nikmalari va salohiyatini mustahkamlash  kabi mavzularda o’z bilim va ko’nikmalarini oshirdilar.

Mashg’ulotlarni, “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi”ning mahoratli media treneri, media ekspert, tadqiqotchi, www.factchecknet.uz platformasi Bosh muharriri Dilfuza Mirzahmedova olib bordi.

2023-11-21 01-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi