DALIYEVA MADINA XABIBULLAYEVNA

Ingliz tilini o'qitish metodikasi №3 kafedrasi: Kafedra mudiri

Ingliz tilini o`qitish metodikasi №3

Kafedra mudiri: Daliyeva Madina Xabibullayevna

Qabul vaqti: dushanba-juma (14:00-17:00)

Telefon raqami: +998977372112

E-mail: dalievam@list.ru

Kafedra faoliyati 2021-yil 26-avgustdan boshlangan.

Asosiy shtatda 27 nafar professor-o’qituvchi, 6 ta PhD, 2 ta DSc, ichki oʻrindoshlik asosida 5 nafar, katta oʻqituvchilar 8 nafar; oʻqituvchilar 9 nafar,o‘qituvchi-stajyorlar 3 nafar.

Kafedra mudiri 2021-yil 26-avgust faoliyat boshlagan:

Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:

- Chet tillarinio‘qitishning integrallashgan kursi

- Qiyosiy tipologiya

- Tarjima nazariyasi va amaliyoti

- Stilistika

- Leksikografiyaning nazariyasi va amaliyoti

- Leksikologiya

- Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:

Daliyeva Madina Xabibullayevna.  

“Тенденции развития полисемии лингвистических терминов в английском, узбекском и русском языках” va “Когнитивные модели полисемии лингвистических терминов” nomli 2 ta monografiya va 36 ta xalqaro jurnal va konferensiyalarda maqola va tezislar bilan qatnashkan.

Kafedra yutuqlari 

Daliyeva Madina Xabibullayevna. 2024 yil 9 oktyabrdada “Когнитивные модели полисемии лингвистических терминов в английском, узбекском и русском языках” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori (Phd) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. Dissertatsiya tadqiqotining asosiy qoidalari, xulosa va tavsiyalari 5 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilingan.

37 ta ilmiy ish chop etilgan, shu jumladan 2 ta monografiya, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik ilmiy izlanishlarining asosiy ilmiy natijalarini nashr etish uchun tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda 14 ta ilmiy maqola, va 12 ta maqola xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.

Daliyeva Madina Xabibullayevna 2023 yil 1 oktyabrda “Oliy ta’lim a’lochisi” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Kafedra tomonidan bitiruvchilar uchun xar o‘quv yili xalqaro va republika miqyosidagi anjumanlar o‘tkaziladi.

Kafedra qoshida “Lingvospektr” nomli ilmiy jurnal tashkil topib, OAK tavsiya etgan ilmiy nashrlar ro‘yhatiga kiritilgan.

Kafedradagi 6 nafar professor-o‘qituvchilarining Google Scholar h-indeksi 6 va undan baland.

2025-yil yanvar oyida Daliyeva Madina Xabibullayevnaning rahbarligida O‘zDJTU 2-bosqich magistranti Valiyeva Nargizaxon Zamir qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi nomdori stipendianti nomzodi tayinlangan.

Bundan tashqari 2024-yil oktyabr oyida 2-nafar bitiruvchilari El-yurt Umidi jamg‘armasi asosida Buyuk Britaniyaga o‘qishga jo‘natilgan.

Kafedrada 1 nafar horijiy mutaxassis faoliyat olib bormoqda.  

 

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube