Koreys filologiyasi fakulteti

Kafedra mudiri: Abdiyeva Iroda Normurodovna

Qabul vaqti: Dushanba~Juma 10:00~12:00

Telefon: +998 93 226 44 94

 

E-mail: iroda_abdieva@mail.ru

Kafedra tarixi:

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1995 yildan  Koreys tili Ikkinchi chet tili sifatida o‘qitila  boshlangan. 2017-2018  o‘quv yilidan boshlab Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (koreys tili) yo‘nalishi alohida mutaxassilik sifatida ochilib, 1, 2 va 3-kurs o‘zbek va rus guruhlarida jami 200 nafar talaba tahsil olgan. 2021-2022 o’quv yilidan boshlab Sharq filologiyasi fakulteti negizida Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ham shu fakultet tarkibiga kiritildi.

Filologiya va tillarni oʻqitish (Koreys tili) yoʻnalishida 2021-2022 oʻquv yili 4-bosqichda 492 nafar, 2022-2023 oʻquv yilida 3-bosqichida 670 nafar, 2023-2024 oʻquv yilida 361 nafar, 2023-2024 oʻquv yilida 820 nafar talaba tahsil olgan. Bundan tashqari universitet miqyosida 170 nafardan ortiq talaba Koreys tilini Ikkinchi chet tili sifatida katta qiziqish bilan oʻrganib kelmoqdalar.

Kafedra joylashgan bino: Toshkent shahar Uchtepa tumani Zakovat ko`chasi 4-uy;

Kafedra tarkibi: 25 nafar mahalliy o‘qituvchi-professorlar hamda 11 nafar koreyalik mutaxassislar, KOICA xalqaro-hamkorlik tashkilotining 12 nafar volonytorlari faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Ilmiy faoliyati: Ilgari universitetimizda f.f.n. dotsent Pak V.I., f.f.n., dotsent Ten Yu.P., katta o‘qituvchi Xamidova S. kabi professional o‘qituvchilar, shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) tomonidan jalb etilgan ko‘ngilli o‘qituvchilar: Park Yong In, Pek Min Hee Yong, Shin Mi Gyong, Lee Nan Yong kabilar muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgan, koreyalik mutaxassislar: Pek Keum Nan, Seol Von Te, Jungbu universitetidan stajyor Kim Dae-yong kabilar faoliyat yuritishgan. Kafedraga chet ellik mutaxassislarni jalb etish tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, Janubiy Koreya davlatidan har yili malakali mutaxassislar jalb qilinadi. Janubiy Koreyaning KTeachers uyushmasi, Sunchon universiteti, KOICA halqaro-hamkorlik tashkiloti, Korea Foundation halqaro hamkorlik tashkiloti, Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Mazkur hamkorliklar doirasida muntazam ravishda onlayn malaka oshirish, yozgi ta’til mobaydnida kafedra ustozlari uchun yozgi trening, Janubiy Koreyada malaka oshirish, ilmiy faoliyat stipendiyasi yo’lga qo’yilgan

Kafedrada faoliyat olib boradiga o’qituvchilar:Aslonova Husnida, Bobomurotova Sadoqat Maxmatqulova Yayra, Xujayeva O’g’iloy, Azimova Amira, Azimova Parizod, Haydarov Jasur, Sherov Rasul, Axmedov O’ktam, Sobirov Elbek, Sagatova Muhabbat, Salimova Sabina, To’rayeva Feruza, Aliqulova Feruza, Amonova Dilafro’z, Abdulloyeva Kamola, Nazirova Navro’zaxon, Sa’dullayeva Ozoda, Akramova Shoxsanam, Toshturdiyeva Shoxista kabi o‘qituvchilar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.

Shu kungacha mahalliy koreys tili o‘qituvchilari KOICA xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda koreys tilini o‘zbek tili yordamida o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun “Koreys tili darsligi”ning birinchi va ikkinchi qismlarini tayyorlab nashr ettirdi. KOICA tashkilotlari ko‘magida “O‘zbek xalq ertaklari” kitobi ham koreys tiliga tarjima qilindi. 2025- yilda Koreys tilidan insholar to’plami o’quv-metodik qo’llanma va mamlakatshunoslik fanidan darslik nashr ettirildi.

Ma’naviy faoliyat: Koreys yo’nalishidagi talabalar nafaqat tilni balki koreya madaniyati, urf-odatlari bilan ham yaqindan tanishadilar. Har yili Koreya elchixonasi tomonidan o’tkaziladigan madaniyat kunlari bo’lib o’tadi, Koreya kino haftaligi, koreya milliy taomlarini tayyorlash musobaqasi, K-POP raqslari kabilar shular jumlasidandir. Ushbu haftalik tadbirlarda talabalar faol qatnashadilar. Shuningdek Koreya madaniyat markazi tomonidan KIMCHI festivali ham doimiy o’tkazilib unda talabalar o’zlari kimchini to’g’ridan-to’g’ri tayyorlab ko’rish imkoniyatidan foydalanishadi.

Universutetimizda koreya milliy bayramlari chusok (hosil bayrami), Hangil nal(alifbo yaratilgan kun) tadbirlari uyishtiriladi.Kafedra ustoz murabbiylari koreya madaniyatini o’rgatish maqsadida ochiq darslar, koreya milliy kiyimlari, milliy raqslarini ham o’rgatishadi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari: Uchtepa tumanidagi 81-oʻrta taʼlim maktabi, Uchtepa tumanidagi 197-oʻrta taʼlim maktabi, Shayxontohur tumanidagi 59- xitoy koreys ixtisoslashtirilgan maktabi, Sharqshunoslik litseyi va Uchtepa tumanidagi 283-maktabi.

Kafedraning xalqaro hamkorlari: KOICA, KF, Korean Education Center in Tashkent, Keimyung university, Duksung women’s university, Soong-sil university, Suncheon university, DongMyong university, Chung-Ang university, Busan university of Foreign Studies, Joongbu University, Seoul Education University, Chonnam university.

Har yili 12 nafar talaba stajirovkaga jo’natilishi yo’ga qo’yilgan.

 

Kafedraning xorijlik o’qituvchilari: Ji Moon-Gun, Pek Kum-Nan, Yun Nan-Ju, Na Sahm-Il, Kim Yung-Ae, Kim Youngbae, Lee Jong-Soo, Ko Eun-Hee, Lee Ji Won, Cho Seo Yong, Yun Do Kyun

Kafedraning ustuvor yo’nalishi: Koreys tili ta’limi, Koreya madaniyati tajribasi, Xalqaro aloqalar  

Kafedraning o’qitiladigan fanlar: Xorijiy sharq tili, Mamalakatshunoslik, O‘qish va yozish amaliyoti, Og’zaki nutq amaliyoti, Sharq tilini o‘qitish metodikasi, O‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti, O‘rganilayotgan mamlakat tarixi, Tinglab tushunishni takomillashtirish, Tarjima asoslari, Asosiy sharq tili, Ommaviy axborot tili, Sinxron tarjima, Asosiy sharq tili nazariyasi

Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishi: Filologiya tillarni o‘qitish koreys tili yo‘nalishida kunduzgi va kechki ta’lim mavjud bo`lib unda jami 826 nafar talaba tahsil oladi.

Magistratura mutaxassisliklari: Lingvistika koreys tili magistr yo‘nalishi mavjud bo`lib, 27 nafar talaba tahsil oladi.

Kafedra yutuqlari: Kafedramiz talabalari Janubiy Koreya hukumati tomonidan har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalarda faol ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishishmoqda. Joriy o`quv yilining ikkinchi yarmida 6 nafar talaba GKS granti sohibi bo`lishdi, 2019-yilda Koreya bo‘yicha viktorinaning Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3-bosqich talabasi Qahramonova Hamidaxon tanlovning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan final bosqichida ham birinchi o‘rinni egalladi. 2021-yilda Muzaffarov Zafarjon Muzaffarovich “QUIZ ON KOREA” viktorinasida Osiyo davlatlari orasida 1-o’rinni egalladi. Bundan tashqari, Samadova Muattar, Noila Ahrarova, Jahongir Yoqubov, Elyor Qodirov, Ibratbek Khadjiyev, Abdullaeva Nilufar kabi 30 dan ortiq bitiruvchilar Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturada tahsil olmoqda. Umarov Abdulaziz Janubiy Koreyada doktorlik ilmiy darajasini olib Amity Universityda faoliyat olib bormoqda. 14-21-oktabr kunlari KOICA ning “Toshkentda Koreys madaniyati bo’yicha loyihaviy ko’ngillilar dasturi” loyihasining menejer tashkiloti sifatida tanlab olingan KIDC tashkilotidan Kim Bok-Hee xonim (Loyiha bosh menejeri) boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya KOICA O’zbekiston Vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop janoblari, O’zDJTU rektori va Maktab direktori bilan uchrashuvlar bo’lib o’tdi.Loyiha qiymati 1.12mln dollar bo’lib 2.5 yil davomida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahridagi 81-Maktab Va 283-Maktabda Koreys tili ta’limi va madaniyati bilan tanishtirish, Koreys madaniyat markazi qurishi, Taekwondo, K-pop va Samulnori to’garaklari yo’lga qo’yiladi.

Kafedra professor o'qituvchilari tomonidan beg’araz yordam va kafedra stipendiyasi yo’lga qo’yilgan bo’lib, 2024-2025 o’quv yilida 1nafar talabaning o'quv kontrakt puli to'lab berildi. 2 nafar talabaga a'lo baholar va jamoat ishlarida faolligi uchun kafedra stipendiyasi va 6 oylik TOPIK kursiga yo'llanma taqdim etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube