ALISHER METYAKUBOV

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi: Katta o‘qituvchi

Xalqaro jurnalistika fakulteti: Dekan

ABDUVAITOV ALIMARDON SHOYMARDON O‘G‘LI

Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta'minoti kafedrasi: Stajer-o‘qituvchi

Xalqaro jurnalistika fakulteti: Dekan muovini

SHERMATOV ELDORJON YOVMIDDINOVICH

Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta'minoti kafedrasi: Katta o‘qituvchi

Xalqaro jurnalistika fakulteti: Dekan muovini

Xalqaro jurnalistika fakulteti
 
    Fakultet tarixi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevraldagi qaroriga asosan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-fevralda qabul qilingan “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibida Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil etildi.

Dastlabki yillarda professor G’.Salomov, dotsent S.Umirov, A.Nurmatov, H.Saidov, T.Qahhor, Y.Mamatova, I.Ismailova, Sh.Xolmatova, N.Nomozova, F.Mo‘minov, X.Do‘stmuhammad, H.Akbarov, S.Sodiq, M.Sa’diy, N.Toshpo`latov, A.Karimov, X.Maxamadaliyev, N.Qosimova, T.Eshbek, I.Abduxoliqov kabi tajribali pedagoglar fanning turli sohalaridan saboq berishdi. Akademik B.Nazarov, xalq yozuvchisi O`.Xoshimov, fan doktori F.Mo`minova, fan nomzodlari O.Toshboyev, O.O`sarov, I.Rahmatullayeva, P.Allamberganova, sport sharhlovchisi A.Imomxo`jayev, Tajribali publitsist E.Shukur, Sh.Ubaydullayev va boshqalar garchi qisqa muddat-yarim, chorak hajmda, soatbay asosda ishlasalar ham mazmundor saboqlari, kitob maola, eshittirish, ko`rstuvlari bilan o‘zlaridan yaxshi iz qoldirishdi. Dastlabki yillarda amerikalik olimlardan Nikolas Daniloff, Richard Sheyfer, Erik Fridman, Alfred Kupers va boshqalar jurnalistikaning turli sohalaridan ma’ruzalar o‘qishdi. AQSHning Boston shahridagi Nordistern universiteti fakultet kutubxonasiga 100ga yaqin kitob sovg‘a qildi. Bir guruh olimlarimiz Boston shahriga borib malaka oshirib qaytishgan.

 

Fakultet tarkibi:

 Dekan: Matyakubov Alisher Djumanazarovich

 E-mail: uztur16@umail.uz

 Ish vaqti: Dushanba 8:30 – 18:00

                        Shanba     8:30 – 17:00

 

Dekan o‘rinbosarlari:

 

 

Dekan muovini: Xoshimova Dilorom Salimjon qizi

E-mail: diloromxoshimova@gmail.com

 Ish vaqti: Dushanba 8:30 – 18:00

                        Shanba     8:30 – 17:00

 

Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi: Fayziyeva Dilaram Mirvaxidovna

E-mail: dilaramfayziyeva@gmail.com

 Ish vaqti: Dushanba 8:30 – 18:00

                        Shanba     8:30 – 17:00

 

Fakultetda “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar”, “Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Sosiologiya”, “Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti” ta’lim yo‘nalishlarida bakalavrlar, “Xalqaro jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Fakultetda Sulaymon Demirel nomidagi universitet, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, O‘sh davlat universiteti, Turkiston davlat universiteti kabi xorij OTMlari bilan yaqin hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda AQSH bilan samarali xalqaro munosabatlar olib borilib, hamkor davlat tomonidan fakultetga teleradio uskunalari uchun 20 000 AQSH dollari miqdoridagi grant ajratib berilgan. Hozirda fakultet yuqori sifatli uskunalar bilan ta’minlangan mediamarkaziga ega.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida fakultetda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ko‘magida xalqaro seminar-treninglar tashkil qilindi. Xalqaro trenerlar ishtirokida master-klasslar muntazam uyushtiriladi. Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha keyingi 3 yilda 20 dan ortiq 

o‘quv qo‘llanma va darsliklar nashrga tayyorlandi. Bundan tashqari, Malayziyaning Sultan Idris universiteti, INTI xalqaro universiteti, Indoneziya universiteti Gumanitar fanlar fakulteti, Indoneziyaning Indoneziya Gunadarma Universiteti, Shvetsiyaning Lund universiteti, Fransiyaning Sciences Po instituti, Yaponiyaning Nagoya va Sukuba universitlari, Turkiyaning Marmara universiteti, Rossiyaning Janubiy Federal universiteti kabi xorijiy hamkorlar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etiladi.

“Siyosiy fanlar” kafedrasi mamlakatimizdagi turli davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, OAVlari bilan keng hamkorlik aloqalariga ega. Shuningdek, “Siyosiy fanlar” kafedrasi ijtimoiy-siyosiy fanlarni о‘qitish, ilmiy va fundamental tadqiqotlarni olib borish borasida Shvetsiyaning Lund universiteti, Fransiyaning Sciences Po instituti, Yaponiyaning Nagoya va Sukuba universitlari, Turkiyaning Marmara universiteti, Rossiyaning Janubiy federal universiteti kabi xorijiy hamkorlik tarmog‘iga ega.

Xalqaro jurnalistika fakulteti tarkibidagi kafedralar:

1. Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar;

2. Medialingvistika va kommunikatsiya;

3. Ijtimoiy fanlar;

4. Siyosiy fanlar;

5. Lingvistika va ingliz adabiyoti.

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Jurnalistika tarixi, Jamoatchilik bilan aloqalar asoslari, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari, Jurnalistikada mediasavodxonlik va fakt cheking, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Jurnalistika etikasi va huquqi, Kopirayting va zamonaviy matnlar, Media bilan ishlash, Audiovizual jurnalistika: radiojurnalistika, Tahliliy jurnalistika , Ixtisoslashgan jurnalistika, Axborot xizmati va internet, Inqirozli vaziyatlarda PR, PR matnlar yaratish mahorati, Raqamli mediatexnalogiya, Reklama nazariyasi va amaliyoti, Tarmoqli PR, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, OAV sotsiologiyasi va psixologiyasi, Axborot xizmatida interteyment, Siyosiy PR, Media bilan ishlash, Xalqaro jurnalistika tizimi, Jurnalistikada media savodxonlik va fakt checking, Davlat boshqaruv organlar bilan aloqalar, Marketing kommunikatsiyalarida PR, Internet PR, Kreativ va tanqidiy fikrlash, Rekreativ jurnalistika, Mediadizayn asoslari, Ijtimoiy loyihalar yaratish texnologiyalari, Diplomatiya asoslari va xalqaro munosabatlar, Parlament jurnalistikasi, Media huquqi va etikasi

Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar va Sotsiologiya bakalavriat yо‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

“Siyosatshunoslikka kirish”, “Siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Siyosiy  madaniyat, mafkura va antropologiya”, “Qiyosiy konstitutsiya”, “Davlat va huquq  nazariyasi”,  “Konstitutsiyaviy huquq”, “Davlat xizmati va personal boshqaruv”,  “Amaliy siyosatshunoslik”, “Siyosiy sotsiologiya”, “Kratologiya”,  “Partologiya”, “Geosiyosat”, “Fuqarolik jamiyati asoslari’, “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati”, “Jahon siyosati”, “Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi”, “Sotsiologiya tarixi”, “Umumiy sotsiologiya”, “Oila va gender sotsiologiyasi”, “Davlat xizmatchisi etikasi va imidji”, “Ijtimoiy siyosat”, “Ijtimoiy statistika”, “Mehnat va bamdlik sotsiologiyasi”, “Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, metodi va texnikasi”, “Ta’lim sotsiologiyasi”, “Shaxs sotsiologiyasi va deviant hulq-atvor’, “Diplomatiya asoslari”, “Xalqaro munosabatlar tarixi”, “O‘zbekiston tashqi munosabatining huquqiy asoslari’, “Xalqaro mintaqashunoslik”, “Diplomatik xizmat, protokol va etiket”.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube