Forum doirasida B2B formatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi
Birinchi O‘zbekiston–Germaniya oliygohlari rektorlari forumi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi bir qator nufuzli ta’lim muassasalari vakillari bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish, qo‘shma ta’lim tashabbuslari va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratildi.
Humboldt nomidagi Berlin universiteti bilan muzokaralar
Uchrashuvlar davomida Gumboldt nomidagi Berlin universiteti (Humboldt University) rahbar va professor-o‘qituvchilari bilan muzokaralar olib borildi. Muloqot chog‘ida universitet rahbariyati vakili sifatida professor Ayfer Durdu xonim ishtirok etdi.
Suhbat davomida:
• o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari,
• akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish,
• qo‘shma ilmiy loyihalar bo‘yicha ishlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida ijobiy kelishuvga erishdi. Humboldt universiteti Germaniyaning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi va ushbu kelishuv O‘zDJTU uchun xalqaro aloqalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.