O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 1–3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston–Xitoy Ikkinchi ta’lim forumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

 

Yig‘ilishga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda rahbariyat vakillari ishtirok etdilar.

Unda forum dasturi, tashkiliy masalalar, mehmonlarni kutib olish, ilmiy sho‘balar faoliyati, madaniy va axborot-ta’limiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

 

Rektor Ilxomjon Tuxtasinov yig‘ilish davomida barcha mas’ullarga forumni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish, xorijiy mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish, universitetning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube