Universitet rahbariyati yangi talabalar turar joyidagi sharoitlar bilan tanishdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, mas’ul rahbarlar bilan birga xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan yangi talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar.
Mazkur yotoqxona universitet oshxonasining 2-qavatida joylashgan bo‘lib, 48 o‘rinli. Talabalar uchun barcha zarur qulayliklar — zamonaviy mebel, maishiy texnika, oshxona jihozlari hamda dam olish zonalari yaratilgan.
Tashrif davomida rahbariyat talabalarning yashash muhitini ko‘zdan kechirib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur yotoqxona loyihasi talabalarning qulay yashashini ta’minlash va ularning ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.