Ta`limning kredit tizimini boshqarish bo`limi
Bo`lim boshlig`i – Razakov A.X.
Qabul vaqti: Dushanba-juma (9:00-18:00 gacha)
Email: arazakov@uzswlu.uz
Bo`lim faoliyati haqida ma’lumot
Universitetda ta'limni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, samarali boshqarish va bu borada dekanatlar, kafedralar va o'quv jarayoniga daxldor tegishli tuzilmalar ishlarini o'zaro muvofiqlashtirish bo'yicha akademik faoliyatni amalga oshiradi. Bo'limning tarkibi: 1 nafar bosh mutaxassis va 10 nafar yetakchi mutaxassisdan iborat. Ta`limning kredit tizimini boshqarish bo`limi ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, kafedaralar tomonidan ishalab chiqilgan fan resurslarini HEMIS tizimida kiritilishini nazorat qilish va ularni yaxlitliligini ta`minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarni HEMIS platformasidan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish, qayta o’qishni tashkil qilish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.
Bo`limning asosiy vazifalari:
• Institutdagi mutaxassisliklar va ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ishchi o`quv rejalarni HEMIS platformasiga kiritish va ulardagi ma`lumotlar yaxlitliligini ta`minlash;
• Tegishli kafedralar tomonidan taqdim etilgan yakuniy nazorat topshiriqlarini umumlashtirish va HEMISga kiritilishini ta`minlash;
• Imtihonlar o`tkaziladigan auditoriyalar fondini inobatga olgan holda yakuniy nazoratlarni o`tkazish grafigi loyihasini ishlab chiqish;
• Tasdiqlangan yakuniy nazoratlarni o`tkazish grafigi asosida tegishli fanlardan yakuniy nazoratlarni tashkil etish va nazorat qilish;
• Fanlardan shakllantirilgan yakuniy nazorat topshiriqlari bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
• Institutdagi professor-o`qituvchilarning o`quv mashg`ulotlarini talabalar tomonidan baholash tizimini texnik qo`llab-quvvatlash;
• Yakuniy nazoratlar tugagandan so‘ng talabalarning fanlardan o‘zlashtirish qaydnomasini tasdiqlash;
• Fanlarni o‘zlashtirmagan talabalar uchun qayta o‘qishni tashkil qilish;
• O‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilarni platformadan foydalanish bo‘yicha malakasni oshirish;
• Bo‘limga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlarni va kirish-chiqish xatlarini rasmiylashtirish;
• Institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-marifiy hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish.