26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida yozma sinov bo‘lib o‘tdi.

Sinov jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, abituriyentlarni tabrikladi va ularga muvaffaqiyat tiladi.

Bugunga qadar 700 dan ortiq abituriyent qo‘shma ta’lim dasturlariga ariza topshirgan bo‘lib, ulardan 150 nafari yozma sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ushbu dasturlar uchun ajratilgan jami kvota 400 o‘rin bo‘lib, ikkinchi qabul jarayoni 30-sentyabrgacha davom etadi. Keyingi xalqaro yozma imtihon 8-sentyabr kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun:
Bakalavriat
 • Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) — 3+1 (Moskva, Rossiya)
 • Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) — 2+2 (Minsk, Belarus)
 • Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) — 2+2 (Dalian, Xitoy)

Magistratura
 • Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik (ingliz va rus tillari) — 1+1 (Minsk Davlat Lingvistika Universiteti, Belarus)
 • Lingvistika (xitoy tili) — 1+1 (Dalian Texnologiya Universiteti, Xitoy)

Shuningdek, B2 yoki C1 darajadagi xalqaro til sertifikatiga (IELTS, TOEFL, HSK) yoki DTM sertifikatiga ega abituriyentlar imtihonlarning ikkinchi bosqichidan ozod etiladilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube