"1-dekabr-OITSga qarshi kurash kuni"  munosabati bilan Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun bir qator ma’daniy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 

 Talabalarda OITS ga oid bilimlarni mustahkamlash, ularni bu kasallikdan ogoh etish maqsadida Axborot xizmati fakulteti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, Xalqaro jurnalistika fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutor Malika Saburova tomonidan “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida talabalardan ijodiy insholar olindi.

 Shuningdek, sana munosabati bilan  Xalqaro jurnalistika fakultetida “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida tashkil etilgan rasmlar tanlovi g’oliblari aniqlandi.

1-dekabr "Xalqaro OITSga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan Xalqaro jurnalistika fakulteti  talabalari o‘rtasida rasmlar tanlovi o’tkazilib 1-2-3-o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalar universitet bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.


 1-o‘rin — Orifova Muxlisa Sherali qizi Axborot  xizmati  va  jamoatchilik  bilan  aloqalar yo‘nalishi 2103-guruh talabasi. 

 2-o‘rin —  Ahmedova Zarina Muzaffar qizi  Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi 2201-guruh talabasi 

3-o‘rin — Ismatova Dilnura, Sadullaeva Laziza Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalari.

2023-12-02 03-00

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi