O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Gretsiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
3-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Gretsiya elchisi Paraskеvi Tzeveleki xonim, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ioannis Loverdos hamda vazirlik va elchixona vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda universitet rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X.Yuldashev va grek tili o‘qituvchisi S.Musayeva ishtirok etdilar.
Suhbat chog‘ida Gretsiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, gretsiyalik mutaxassislarni O‘zDJTUga jalb etish, o‘qituvchi va talabalarga mo‘ljallangan grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv samimiy muhitda o‘tdi va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun muhim zamin yaratdi.