1-fevral kuni OʻzDJTU Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov va Kengash aʼzolari, professor-oʻtuvchilar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Yigʻilishni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va nomdor stipendiya gʻoliblari boʻlgan universitet talabalarini erishgan yutuqlari bilan muborakbod etib, ularga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, tadbirda nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham taqdirlandi.
Eslatib o’tamiz, universitetda tahsil olayotgan 2 nafar talaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 11 nafar talaba Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi, 17 nafar talaba Rektor stipendiyasiga sazovor boʻlgan va 9 nafar talaba “Prezident granti” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2024-02-02 02-08