2023-yil 12-oktabr kuni OʻzDJTU rektori prof. I. Tuxtasinov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshligʻi O. Nabiyevni qabul qildi.

Uchrashuv chogida Agentlik tomonidan 34 ta xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuboriladigan Oʻzbekiston fuqarolariga chet tillarini talab darajasida oʻqitish va tilni mukammal darajada biladigan universitetimiz bitiruvchilarini monomarkazlarda kasb-hunarga tayyorlab, xorijiy mamlakatlarga yuborish orqali ularning bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar bu borada samarali hamkorlikni amalga oshirishi mumkinligi eʼtirof etildi.

2023-10-12 09-24

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi