O‘zDJTUda “Qalqon” jamoasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Tadbirda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yangi o‘quv yili arafasida “Qalqon” jamoasining asosiy vazifalari, xususan, universitet hududida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, talabalar tomonidan ichki tartib-qoidalarga amal qilinishini nazorat qilishdagi jamoa a’zolarining roli haqida atroflicha suhbat olib borildi.

Shuningdek, jamoa a’zolariga mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarish, talabalarga o‘rnak bo‘lish hamda universitetda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube