8-noyabrda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi OʻzDJTUga tashrif buyurib, universitet jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Muxammad Chutpulatov, Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktor oʻrinbosari Shaxzod Sultonov, nashriyot marketing boʻlimi boshligʻi Jahongir Yoqubov, nashriyot marketing boʻlimi mutaxassisi Bexruz Abdukarimovlar ishtirok etdilar. 

Muzokara davomida nashriyot bilan hamkorlik shartnomasini tuzish, Axborot-resurs markazi uchun adabiyotlar xarid qilish, professor-oʻqituvchilar tomonidan yozilgan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni nashr etish hamda universitet hududlarida kitob yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha masalalar kelishib olindi.

2023-11-08 03-52

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi