22-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til: rus tili” yo‘nalishi pedagogik qayta tayyorlash kursi bo‘yicha tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilar Attestatsiya komissiyasi oldida o‘z ilmiy-amaliy loyihalarini taqdim etdilar. Himoya jarayonida taqdim etilgan ishlarda:
• zamonaviy ta’lim metodlari,
• innovatsion texnologiyalar,
• xorijiy tillarni o‘qitishdagi ilg‘or yondashuvlar o‘z ifodasini topdi.
Tadbirda Attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ishtirok etib, tinglovchilarni tabrikladi hamda ularning o‘quv jarayonidagi ishtiyoqi va professional o‘sishiga yuqori baho berdi.
Ushbu yakuniy bosqich tinglovchilarning kasbiy mahoratini yanada mustahkamlab, ularni amaliy faoliyatga tayyorlab beruvchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.