Bugun 28-noyabr kuni Saudiya Arabistoni Qirolligi Arab tili xalqaro akademiyasi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi. 

Akademiya bosh kotibi oʻrinbosari Dr. Ibraxim bin Moxammed Abanmi, Taʼlim sektori boshligʻi Dr. Saad bin Muxammad al-Qaxtani,  Xalqaro hamkorlik departamenti Abdul Xamid Abdul Aziz,  Korporativ kommunikatsiya boshqaruvi Yasser bin Salex Al-Juvayserlardan iborat mehmonlarni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov ham da universitet rahbariyati vakillar kutib oldi.

Tashrif doirasida ikki tomoninlama uchrashuv tashkil etildi va oʻzaro tanishuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda arab tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik, Akademiyadan arab tili boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarini olishda yordam berish, Saudiya Arabistoni OTMlaridan dars berish uchun arab tili mutaxassislarini OʻzDJTUga yuborishda koʻmaklashish, Qoʻshma doktorantura dasturini joriy etish, OʻzDJTUda arab tili boʻyicha test markazini ochish, oʻzaro hamkorlikning tashkiliy va moliyaviy shartlarini muhokama qilish kabi qator masalalarda kelishuvlarga erishildi. 

Maʼlumot uchun: Qirol Salmon nomidagi Arab tili xalqaro akademiyasi dastlab Qirol Salmon xalqaro arab tili majmuasi sifatida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida arab tilini targʻib qilish uchun tashkil etilgan xalqaro til majmuasidir. Akademiya 2020-yil sentyabr oyida Madaniyat vazirligi huzuridagi Vazirlar Kengashi qarori bilan tashkil etilgan.

2023-11-28 04-00

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi