9-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 14-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Dasturda Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qo‘llashning lingvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, savollarga asosli javob berdi.
2024-08-13 01-59