“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi tomonidan 2025-yil 15-iyul kuni ZOOM platformasi orqali "Adabiyot kechasi" nomli online tadbir tashkil etildi
Tadbir "Adabiyot-kecha va bugunning ko'zgusi" shiori ostida o'tkazildi. Tadbirda Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi o'qituvchilari Turaxonova Badia, Usmonova Roziya, Kuchkarova Maftuna, Juraboyeva Gulmira hamda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Sharipova Munira nutq so'zladilar.
Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad-talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, O'zbek va Ingliz adabiyotining shu kunga qadar rivojlanish bosqichlari hamda jamiyatimizda adabiyotning rolini yanada oshirish borasida yo'l-yo'riq ko'rsatish, yoshlarni adabiyotga qiziqtirib shu orqali ularning dunyoqarashlarini kengaytirishdan iborat edi.
Eng muhimi, ishtirokchilar qiziqishiga qarab ta'kidlash joizki, ko'zlangan maqsad qaysidir darajada o'zining amaliy tasdig'ini topdi.