15-aprel "Ekologik bilimlar kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Abdullayeva hamda N.O'roqboevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari N.Aminov, M.Tirkasheva, O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi S.Fayziyevalar ishtirok etishdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida "Eko-zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi.

Tadbirning 2-qismida: "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi, unda mas'ullar, dekan, dekan muovinlari, tyutorlar hamda talabalar faol qatnashdilar.

2024-04-17 03-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi