O‘ZDJTU TALABALARI UCHUN YANGI IMKONIYAT!
Korrupsiyaga qarshi innovatsion g‘oyalar tanlovi boshlandi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning "korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi" yo‘lga qo‘yildi.

Bu tashabbus orqali siz:
Korrupsiyani kamaytirishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oya yoki texnologiyani ishlab chiqishingiz mumkin;
Startapingizni universitet tomonidan moliyalashtirish imkoniga ega bo‘lasiz.

Tanlov qanday o‘tadi?

  1. Tanlov komissiyasi loyihalarni texnik ekspertizadan o‘tkazadi.

  2. Eng yaxshi loyihalar himoya qilinadi va 70 balldan yuqori baho olganlari g‘olib deb topiladi.

  3. G‘oliblar loyihalarini amalga oshirish uchun "bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha mablag‘" olish imkoniga ega bo‘ladi.
    Har bir loyiha ustidan maxsus ishchi guruh monitoring olib boradi — bu shaffoflik va natijadorlikni ta’minlaydi.

Talabalarning faolligi – korrupsiyasiz kelajak garovi!
O‘zDJTU sizning g‘oyangizni qo‘llab-quvvatlaydi, shunchaki tashabbus ko‘rsating!

Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (https://drive.google.com/file/d/1KlJHT7SaFc8019kSuBXURaBr92mdXWYZ/view?usp=sharing) talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumot: https://t.me/UzDJTUTijoratlashtirish 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube