Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasining Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Majlis offline va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi.

Kun tartibiga muvofiq, Xudoyberdiyev Jasur Latipovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha yozilgan
“Amerika ma’rifatchilik davri va o‘zbek jadid adabiyotida adabiy-siyosiy masalalar talqini” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoya qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.

Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining maqsadi, dolzarbligi, yangiligi va ilmiy natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda kengash a’zolarining savollariga asosli javoblar qaytardi.

Majlis yakunida dissertatsiya ishi atroflicha muhokama qilinib, ijobiy baholandi hamda ochiq himoyaga tavsiya etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube