Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi (dolzarb 90 kun )
25-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaviy (offline) va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Majlisda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda Matenova Yuliya Umidovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy fransuz tilidagi adabiyotda E.-E. Shmittning ijodi: madaniyatlararo o‘zaro bog‘liqlik muammosi” mavzusidagi dissertatsiyasi himoya qilindi.
Dissertatsiyada zamonaviy fransuz adabiyoti namunalarida madaniyatlararo muloqot, ruhiy-falsafiy izlanishlar hamda ijtimoiy-axloqiy qarashlarning badiiy ifodasi tahlil etilgan. Rasmiy opponentlar tomonidan ilmiy ishning dolzarbligi, metodologik yondashuvi va nazariy-amaliy ahamiyati yuqori baholandi.
Majlis yakunida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.