Germaniyaning Paderborn universiteti Nemis tili bo‘limi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning Paderborn universiteti Nemis tili bo‘limi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Paderborn universiteti Nemis tili bo‘limi rahbari Konstanse Niderxaus hamda ushbu universitetning doktoranti-o‘qituvchisi Ismoilova Iroda ishtirok etdilar.

 

 

O‘zDJTU tomonidan uchrashuvda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yuldoshev, Roman-german tarjimashunoslik kafedrasi mudiri L. Xoliyarov hamda Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Ziyadullaev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 Germaniyaning Paderborn universitetida nemis tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish;
  Paderborn universitetidan mutaxassislarni O‘zDJTUga taklif qilish;
  O‘qituvchi, yosh olimlar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  Paderborn universiteti talabalarini O‘zDJTUda amaliyot o‘tash uchun yuborish;
  Paderborn universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlari — darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, soha lug‘atlari va boshqa materiallarni yaratish;
  O‘quv kurslari, seminarlar, treninglar, konferensiyalar va simpoziumlarda hamkorlikda ishtirok etish;
  Talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish;
 Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ilmiy, o‘quv va madaniy sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini kengaytirish borasida kelishib oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube