Bugun OʻzDJTUga Yaponiya raqamli universiteti (JDU) taʼsischilari tashrif buyurdi. 

JDU taʼsischilari Xaga Xiroaki va Kondo Toshiko xamda JDU rektori Ravshanbek Mamajonovlardan iborat mehmonlarni universitet rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashevlardan iborat rahbariyat vakillari kutib oldi. 

Tashrif doirasida JDU faoliyati haqida fikr almashish va kelgusidagi rejalarni muhokama qilindi. Shu bilan birga talabalarning bandlik masalasi, OʻzDJTUda yapon tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha JDU tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yordamlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.

2024-01-09 05-12

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi