O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Adigey davlat universiteti (ADU) o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilganidan xabaringiz bor. 

O’zDJTU hamkorligidagi ADU qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha 4-bosqichda tahsil olayotgan Sevara Abdimurodova “ADU-2024” talaba-qizlar ko’rik tanlovida “Miss-gratsiya” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun: Sevara O’zDJTU hamkorligidagi qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha Maykop shahrida joylashgan Adigey davlat universitetida 3+1 programmasining 1 yilligini o’tamoqda. 

Talabamizni erishgan yutug’i bilan tabriklaymiz va kelgusida bundanda katta marralarni zabt etishini tilaymiz!

2024-04-01 03-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi